AsosiyJamiyat

Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi

Haydovchi davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib harakatlangan.

'Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi'ning rasmi

Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlangan yuk mashinasi haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YXHB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ZIL-53 rusumli transport vositasi haydovchisi davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlanganigi aks etgan videolar tarqaldi. Unda ko‘rinishicha, haydovchi yuk mashinasiga davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib olgan.

Holat Sirdaryo viloyati YXHB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidabuzar haydovchi aniqlandi. Haydovchi bu ish qonunbuzarlik ekanini bilganini aytib, kechirim so‘ragan.

“Qonunbuzarlik ekanini bilardim. Endi o‘sha nomerlar chiqadi deganga qiziqishga qo‘ydik. Uzr so‘rayman. Boshqalarga bunday o‘zboshimchalik bilan ish qilmashliklarini so‘rab qolamiz”, degan haydovchi.

Qoidabuzarlik bo‘yicha yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Voida Labo avtomashinasiga o'rnatilgan gaz balon portladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:23

    'Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:12

    Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi

    Erkak ayolga toʻxtamay shaxsiy xabarlar joʻnatib, goʻyoki uning ahvolidan xavotirlanganday "kechki choy uchrashuvlar"ga taklif qilgan.

    'Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:10

    Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi

    Ziyoratchilarning aksariyatini keksalar va ayollar tashkil qilgan.

    'O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi

    Ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar qashshoqlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lgan.

    'Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:14

    Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi

    Buning uchun unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllandi.

    'Тошкентда 6 мингдан ортиқ йўловчи автобусда йўлкира тўламагани учун жаримага тортилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:17