AsosiyJamiyat

Norin daryosida "birinchi milli GES" ishga tushirildi

Oʻzbekistonda toʻliq mahalliy mahsulot va uskunalar asosida qurilgan ilk gidroelektr stansiya ish boshladi.

'Norin daryosida "birinchi milli GES" ishga tushirildi'ning rasmi

Namanganda “Norin GESlar kaskadi”ning dastlabki bosqichi — GES-1 foydalanishga topshirildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Stansiya yillik 171 million kilovatt soat elekt energiyasi ishlab chiqaradi, 430 mingta xonadonni quvvat bilan ta’minlaydi hamda yiliga 290 million kub metr gazni tejash imkonini beradi.

Loyiha natijasida 130 ta ish o‘rni yaratildi. Ushbu inshoot mamlakat gidroenergetikasida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar