AsosiyDunyo

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?

JSSTga maʼlumotiga koʻra, bu boʻyicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

'Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?'ning rasmi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotiga koʻra, dunyoda vabo kasalligi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Xususan, 2024 yilda bu kasallikni yuqtirish holatlari 2023 yildagiga nisbatan 5 foizga, oʻlim koʻrsatkichlari esa 50 foizga ortgan. Yaʼni oʻtgan yili 6000 nafardan ortiq odam vabo qurboniga aylangan. Bu haqda Zamon.uz maʼlum qildi.

Qolaversa, 2024 yili epidemiya oʻchoqlari aniqlandgan mamlakatlar soni 60 taga yetgan. Bu ham undan avvalgi yildagiga nisbatan 15 ta koʻp koʻrsatkich.

Yuqori oʻsish holatlari qayd etilgan hududlar roʻyxatida Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari davlatlari yetakchilik qilmoqda. Kasallik qurbonlarining toʻrtdan bir qismi tibbiyot muassasalariga bormasdan vafot etgan.

Xavotirli jihati, 2025 yilda ham global vabo inqirozi davom etmoqda: yil boshidan buyon 31 mamlakatda kasallik tarqalishi qayd etilgani buning tasdiqi.

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlar, donorlar va mahalliy hamjamiyatlarni vaboga qarshi hamjihatlikda kurashishga chaqirdi. Buning uchun, avvalo, aholini xavfsiz ichimlik suvi va gigiena vositalari bilan taʼminlash zarur.

Binobarin, oʻtgan yil boshida vaboga qarshi yangi innovatsion vaksina (OCV) tasdiqdan oʻtgan. Biroq uni kasallik oʻchoqlariga yetkazib berish surʼati talab darajasida emas.

Oʻz navbatida, samarali epidemiologik nazorat va tezkor diagnostika vaboni jilovlashda katta natija berishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar