AsosiyDunyo

AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi

Biroq Trump hujum uzoq davom etmasligi kerakligini bildirdi.

'AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi'ning rasmi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvda Gazodagi harbiy amaliyotlarga Vashingtonning yondashuvini bayon qildi.

Unga ko‘ra, Trump ma’muriyati bu hujumlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ammo ular uzoqqa cho‘zilmasligi kerak.

15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Netanyahuga Trump ma’muriyati Isroilning quruqlikdagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. “Axios” nashriining yozishicha, AQSH hujum tezkor bo‘lishi tarafdori.

Rubio bilan birga bo‘lgan amerikalik rasmiylardan biri: “Bu Trumpning urushi emas, bu Netanyahuning urushi. Barcha oqibatlar uchun u javobgar bo‘ladi”, — degan.

Isroil armiyasi so‘nggi haftalarda Gazodagi hujumlarni kuchaytirgan. Shaharga tanklar kiritilgan, aholi esa janubga ko‘chishga chaqirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 million aholining 300 mingga yaqini Gazoni tark etgan.

Isroil armiyasi faqat 20 daqiqada 37 ta zarba bergan, ulardan ayrimlari jangovar vertolyotlar orqali amalga oshirilgan. Falastinlik rasmiylar Gazoda og‘ir havo hujumlari haqida “Al Jazeera”ga xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Rubio Isroilga Qatardagi HAMAS qorgohiga berilgan zarbadan so‘ng safar qilgan va bu hujumdan Oq uy norozi ekanini bildirgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:38

    Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?

    JSSTga maʼlumotiga koʻra, bu boʻyicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

    '"Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:38

    "Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    IIBB mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    '16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:23

    16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

    Mazkur taqiq yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish uchun amalga oshirilmokda.

    'Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:56

    Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi

    Ispaniya madaniyat vaziri agar Isroil tanlovda qatnashsa, mamlakat ishtirok etmasligini bildirdi.

    'Varshavada hukumat hududi ustida dron aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:46

    Varshavada hukumat hududi ustida dron aniqlandi

    Воқеа юзасидан икки нафар беларуслик фуқаро қўлга олинган