AsosiyDunyo

16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi

Mazkur taqiq yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish uchun amalga oshirilmokda.

'16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

Turkiya hukumatijtimoiy tarmoqlarda 16 yosh chegarasini belgilash va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jazolarni qayta tartibga solishga doir chora-tadbirlarni yakunladi. Bu haqda NTV ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, loyihadagi beshta turli qonunda o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, jami 17 moddadan iborat paket tayyorlangan.

Ushbu paket ikki asosiy blokni o‘z ichiga oladi: “Bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashga oid tartiblar” va “Bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilishga oid tartiblar”. 

Raqamli xavflardan himoya qilish doirasida ijtimoiy tarmoq xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar 15 yoshni to‘ldirmagan bolalarga xizmat ko‘rsatmasligi nazarda tutilgan; ya’ni xalqaro miqyosda faol ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlarni 16 yoshdan kichiklar ishlatolmaydi. 

Bolalar jinoyatchiligiga oid qism 15–18 yosh oralig‘idagi jinoyatga tortilgan bolalarni qamrab oladi. Hozirgi amaliyotga ko‘ra, bu yoshdagilar shaxslarga jazoni yengillatirish qo‘llanib kelinar edi; jumladan, og‘irlashtirilgan umrbod jazo o‘rniga beriladigan 24 yillik jazo 27 yilgacha oshirilishi, umrbod o‘rniga beriladigan 15 yillik jazo esa 18 yilgacha ko‘tarilishi nazarda tutilmoqda. 

Loyihada, shuningdek, jinoyat qasddan yoki og'ir oqibatli tarzda sodir etilganiga yoki ilgari qasddan jinoyat sodir etganlik kabi holatlar aniqlansa, sudga jazoni kamaytirmaslik vakolati berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:38

    Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari nega oshmoqda?

    JSSTga maʼlumotiga koʻra, bu boʻyicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

    'AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:31

    AQSH Isroilning Gazodagi hujumini qo'llab-quvvatladi

    Biroq Trump hujum uzoq davom etmasligi kerakligini bildirdi.

    '"Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:38

    "Bola o'g'risi" haqidagi mish-mishlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

    IIBB mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

    'Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:56

    Ispaniya "Eurovision" tanlovini boykot qilish bilan tahdid qildi

    Ispaniya madaniyat vaziri agar Isroil tanlovda qatnashsa, mamlakat ishtirok etmasligini bildirdi.

    'Varshavada hukumat hududi ustida dron aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:46

    Varshavada hukumat hududi ustida dron aniqlandi

    Воқеа юзасидан икки нафар беларуслик фуқаро қўлга олинган