AsosiyJamiyat

Хоразмда ЙПХ инспектори Cobalt ойнасини нега синдиргани маълум бўлди

Viloyat IIV voqea tafsilotlarini ochiqladi.

'Хоразмда ЙПХ инспектори Cobalt ойнасини нега синдиргани маълум бўлди'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida YPX inspektori tomonidan Cobaltning oldi oynasi sindirilgani va shundan keyin avtomashina harakatni davom ettirib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, 9 sentabr kuni viloyatni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘lovchi “Cholish” to‘siq-postida xizmat olib borayotgan YPX inspektori shu to‘siq-post orqali Xorazm viloyatiga kirib kelayotgan Cobalt haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.

Lekin mazkur avtomashina haydovchisi YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan, Urganch shahri tomon harakatlanishni davom ettirgan. Shundan keyin, YPX inspektori tomonidan aloqa vositasi orqali berilgan xabarga asosan, Urganch tumanida xizmat olib borayotgan boshqa bir YPX inspektori ushbu avtomashinani to‘xtatish maqsadida uni Urganch shahri hududidagi chorrahagacha kuzatib borgan.

Chorrahada inspektor haydovchidan avtomashinani yo‘l chekkasida to‘xtatish va tegishli hujjatlarini taqdim etishni so‘ragan.

Ammo haydovchi ushbu YPX inspektorining ham qonuniy talabini bajarmasdan avtomashina eshiklarini ichkaridan qulflab, YPX inspektori avtomashina oldida turgan bo‘lishiga qaramay, harakatni davom ettira boshlagan.

Shunda YPX inspektori ushbu avtomashinaning harakatni davom ettirishiga chek qo‘yish maqsadida old oynasini aloqa vositasi yordamida urib sindirgan.

Shunday bo‘lsa-da hodisa joyidan qochib ketishga uringan mazkur avtomashina Urganch shahri hududida keyingi chorrahada to‘sib ushlangan.

Surishtiruv jarayonida Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi, haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan, 2003 yilda tug‘ilgan, Y.Sh. otasining nomida bo‘lgan mazkur avtomashinani, hech qanday hujjatsiz boshqargan. Bundan tashqari ushbu avtomashina ishtirokida ilgari yo‘l harakati qoidalari buzilgan uchta holat bo‘yicha tayinlangan jarimalar ikki oydan ortiq muddat davomida to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan, tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Haydovchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:48

    'Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:34

    Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i

    Toshkent viloyatida "erkaklar kiyim do‘koni" niqobi ostida fuqarolarni aldab, 100 milliondan ortiq pul ishlagan "uddaburonlar" qo‘lga tushdi.

    'MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:26

    MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi

    "Dok-1 Maks" ishi doirasida 3,2 milliondan ortiq xavfli dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    13 sentyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

    'Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 21:42

    Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi

    Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 51 ta masala koʻrib chiqildi.