AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

13 sentyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

'Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 13-sentabr kuni mamlakat bo‘ylab havo biroz bulutli, ba’zi joylarda esa vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlar esa 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Kechasi havo harorati 10–20 daraja iliq bo‘ladi, tog‘li hududlarda esa 12–17 daraja iliq saqlanadi. Kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘onada 30–35 daraja, Buxoro va Navoiyda 28–33 daraja, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmog‘da. Tog‘li hududlarda esa 25–30 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar