AsosiyJamiyat

Fuqaroni "huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari" 170 ming dollarga "uxlatishdi"

Fuqaro ularga ishonib, uyi va mashinasini sotgan. Jamg'armasidan ham ayirilib, hatto qarzga kirgan.

'Fuqaroni "huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari" 170 ming dollarga "uxlatishdi"'ning rasmi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning bergan xabariga ko‘ra, ombudsmanga fuqaro M.P. o‘zining ehtiyotsizligi va soddaligi oqibatida katta miqdordagi mablag‘dan mahrum bo‘lgani yuzasidan murojaat qilgan.

M.P. o‘z murojaatida, 2024 yil dekabr oyida o‘zini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar ta’sirida kriptovalyuta orqali 170 000 AQSh dollarini o‘tkazib yuborganini bildirgan. Shu maqsadda u avtomashinasini va uyini sotgan, jamg‘armalarini yo‘qotgan, hatto qarzga kirgan.

Fuqaro 2024 yil dekabrida Kiberxavfsizlik markaziga rasmiy tarzda murojaat qilib, jinoyiy ish qo‘zg‘atilgan va u jabrlanuvchi sifatida tan olingan.

Ombudsman shikoyatda ko‘rsatilgan vaziyatlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi.

Murojaat hamkorlikda o‘rganilishi natijasida Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan Kriptodo‘kondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming AQSh dollari (1 mlrd 434 mln 625 ming so‘m) undirib berildi.

Ombudsman fuqarolarni quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirmoqda:

- O‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi deb tanishtirgan, ammo shaxsiy raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilayotgan, to‘lov yoki ma’lumot so‘rayotgan shaxslarga ishonmang;

- Telefon orqali passport yoki ID-karta, plastik karta, PIN-kod, SMS-kod kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga oshkor qilmang;

- Siz tanimagan shaxslar kriptovalyuta orqali to‘lov qilishga undasa, bu holatni darhol to‘xtating va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling;

- Davlat organlari, idora va tashkilotlar o‘z faoliyatini faqat rasmiy kanallar orqali amalga oshiradi. Shubhali holatlarda tegishli idoraning ishonchli raqamlari orqali tasdiq oling.

Ombudsman fuqarolarni avvalambor huquqiy xabardor va ogoh bo‘lishga chaqiradi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:57

    Andijonda Nexia-2 haydovchisi moped va velosipedni urib yubordi

    Viloyat IIV vakili holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:48

    'Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:34

    Arzon kiyim, tekin "dostavka" — firibgarlarning yangi tuzog‘i

    Toshkent viloyatida "erkaklar kiyim do‘koni" niqobi ostida fuqarolarni aldab, 100 milliondan ortiq pul ishlagan "uddaburonlar" qo‘lga tushdi.

    'MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:26

    MİB "Dok-1 Maks" siropi rasmiy importchisi omborlarida saqlanayotgan preparatlarni yoʻq qilishga kirishdi

    "Dok-1 Maks" ishi doirasida 3,2 milliondan ortiq xavfli dori vositalari yo‘q qilinmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28