Nepal poytaxti Katmandudagi bosh maʼmuriy binosi – Singha Durbar yonib ketdi. Bu hodisa mamlakat boʻylab korrupsiya, nepotizm va ijtimoiy tarmoqlar taqiqiga qarshi boshlangan ommaiviy noroziliklar fonida yuz berdi.
Bosh vazir Khadga Prasad Sharma Oli isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Bu qaror 19 kishi halok boʻlgan, yuzlab odamlar yaralangan qonli toʻqnashuvlardan keyin qabul qilindi.
Noroziliklarning dastlabki sababi – hukumatning 26 ta mashhur ijtimoiy tarmoq ilovasini taqiqlash qarori edi. Ammo bu tez orada siyosiy elitalar oʻrtasidagi korrupsiyaga qarshi keng koʻlamli xalq harakatiga aylanib, oxirgi oʻn yilliklarda kuzatilmagan eng yirik tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
Hukumat Facebook, WhatsApp, YouTube va X kabi platformalarga qoʻyilgan taqiqni bekor qilgan boʻlsa-da, yoshlar norozigi tinmadi. “Gen Z” noroziliklari davom etdi va koʻchaga chiqqan minglab namoyishchilar parlament binosini bosib, uni yoqib yubordi.
Namoyishchilar mamlakat siyosiy elitalarining hashamatli hayot tarziga qarshi chiqib, yangi avlod manfaatlari inobatga olinishi kerakligini talab qilishmoqda.