Ayni damda berilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yana 5 falastinlik ochlik va yetarsiz ovqatlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Shu bilan, 2023 yil 7 oktabrdan buyon ochlikdan vafot etganlar soni 404 nafarga yetgan. Ularning 141 nafari bolalardir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, BMT qo‘llab-quvvatlagan IPC tizimi 22 avgust kuni G‘azoda rasmiy ravishda qahatlik e’lon qilganidan buyon kamida 126 kishi (shundan 26 nafari bola) ochlik qurboni bo‘lgan.