AsosiyJamiyat

Toshkentda bir nechta avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

Kumariq ko'chasidagi issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari sababli 5 ta yo'nalishda avtobuslar boshqa ko'chalar orqali harakatlanadi.

'Toshkentda bir nechta avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi'ning rasmi

Poytaxtdagi Qumariq koʻchasi 325 mm diametrli, 1000 metr uzunlikdagi issiqlik quvurlarini yangilash ishlari tufayli vaqtincha yopiladi.

Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yoʻnalishlarining harakati vaqtincha oʻzgartirildi:

— 61-yoʻnalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryoʻlchilar, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;

— 106-yoʻnalish – Sarikoʻl, Kichik halqa yoʻli, Bobur koʻchalari orqali;

— 40-yoʻnalish – Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston, Toshkent vokzali, Temiryoʻlchilar, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali RET zavodigacha;

— 66-yoʻnalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yoʻli, Turkiston, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sarikoʻl, Yangi Zamon, Sarikoʻl, A.S. Banokatiy koʻchalari orqali RET zavodigacha;

— 52-yoʻnalish – Lokomotiv koʻchasi bekati va Toshkent vokzali oraliqʻida qatnaydi.

Transportdagi vaqtincha oʻzgarishlar quvurlarni yangilash va xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan. Yoʻlovchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr soʻralgan.

    Boshqa yangiliklar