AsosiyDunyo

Непалда ижтимоий тармоқлар блокланишига қарши норозиликда 17 киши ҳалок бўлди

Nepal poytaxti Katmanduda 26 ta ijtimoiy tarmoq – jumladan, Instagram, YouTube va Facebook bloklangan ortidan o‘tkazilgan norozilik namoyishlari qonli tus oldi.

'Непалда ижтимоий тармоқлар блокланишига қарши норозиликда 17 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

8 sentabr kuni o‘n minglab odamlar parlament binosi tomon yurish qilganida politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagich, rezina va hatto jangovar o‘qdan foydalandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 400 dan ortiq odam jarohatlangan.

Namoyishchilar “Korrupsiyani emas, ijtimoiy tarmoqlarni yoping” kabi shiorlar ko‘targanga. Hukumat esa poytaxtning hukumat mahallasida komendantlik soati joriy etib, qo‘shin kiritgan.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi voqealardan “tashvishda” ekanini bildirib, tezkor va shaffof tergov o‘tkazishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar