AsosiyDunyo

Poytaxtda eng ko'p YTH sodir bo'lgan tumanlar aytildi

2025 йилнинг 8 ойи давомида 4,3 мингдан ортиқ ЙТҲ содир бўлган.

'Poytaxtda eng ko'p YTH sodir bo'lgan tumanlar aytildi'ning rasmi

Open Data Tashkent portalining maʼlumotlariga koʻra, 2018 yildan boshlab poytaxtda sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni 32 mingtadan oshdi.  2025 yil yanvar—avgust oylari davomida 4 ming 350 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2018—2024 yillar uchun oʻrtacha qiymatga nisbatan 10 foizga koʻpdir.

Joriy yil 8 oyida yuz bergan YTҲlarning eng koʻpi Yunusobod tumanida sodir boʻlgan. Undan keyingi oʻrinlarda Chilanzor, Yashnobod tumanlari. YTҲlarning tumanlar kesimidagi statistikasi quyidagicha:

Yunusobod — 561 ta;

Chilanzor — 555 ta;

Yashnobod — 554 ta; 

Mirzo Ulugʻbek — 475 ta; 

Shayxontohur — 363 ta; 

Olmazor — 337 ta;

Uchtepa — 316 ta;

Sergeli — 288 ta; 

Mirobod — 269 ta; 

Bektemir — 217 ta; 

Yakkasaroy — 210 ta; 

Yangihayot — 205 ta.

2025 yilning 8 oyidagi yoʻl-transport hodisalarining eng koʻpi aprel oyida yuz bergan — 647 ta. Qishda YTҲlar soni nisbatan kam boʻlgan. Yanvarda 377 ta holat qayd etilgan boʻlsa, fevralda bu koʻrsatkich 421 tani tashkil etgan.

2024 yildagi YTҲlar tahli qilinganda ham ular yanvar—fevral oyida nisbatan kamroq sodir boʻlgani aniqlangan. Bahorda esa YTҲlar soni oshgan. 2024 yilda Oʻzbekistonda sodir boʻlgan YTҲlarning 47,1 foizi haydovchilarning piyodaga yoʻl bermasligi sabab yuz bergan, 3,7 foizi — rulda uxlab qolish, 22,8 foizi — belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir boʻlgan.

    Boshqa yangiliklar