AsosiyDunyo

Польша ва Беларусь чегарасида яна дрон қулади

Hodisa chegaradagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

'Польша ва Беларусь чегарасида яна дрон қулади'ning rasmi

Polshaning Lyublin shahri prokuraturasi maʼlumotiga koʻra, Belarus chegarasi yaqinidagi Polyatych qishlogʻida dron qulab tushdi. Hodisa chegaradagi nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida sodir boʻlgan, hech kim jabrlanmagan.

Dron qulagan joyda kirill yozuvlari boʻlgani aniqlangan. Hozirda politsiya guvohlarni soʻroq qilmoqda va kuzatuv kameralaridagi maʼlumotlarni tekshirmoqda.

Bu soʻnggi paytlarda kuzatilayotgan ilk holat emas — 6 sentyabr kuni ham Polshaning sharqida shunga oʻxshash voqea qayd etilgandi.

Avvalroq, avgust oyida esa dron makkajoʻxori dalasiga qulashi oqibatida hosilga zarar yetkazib, uylarning oynalarini sindirgandi.

Prokuratura maʼlumotiga koʻra, barcha holatlarda dronlarning Belarus hududidan kirib kelgani taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar