AsosiyDunyo

Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi

Россиялик машҳур реперга Украина ҳудудий яхлитлигига тажовуз қилишда айблов қўйилди.

'Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi'ning rasmi

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rossiyalik taniqli reper Timatini (haqiqiy ismi Temur Yunusov) qidiruvga berdi. RIA Novosti xabariga koʻra, uning maʼlumotlari 1 iyuldan boshlab Ukraina davlat organlari bazasiga kiritilgan.

SBU iyun oyida Timatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 332-1-moddasi 2-qismi boʻyicha — Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz va mamlakatga kirish tartibini buzish aybi bilan masofadan turib ayblov eʼlon qilgan.

 Shuningdek, reper “Mirotvorets” portalida ham paydo boʻlgan. Ushbu portalda odatda Qrim yoki Donbassga noqonuniy borgan, yoki Ukraina xavfsizligiga qarshi harakatlarda gumon qilingan shaxslar roʻyxatga olinadi.

 Maʼlumot uchun, Timati Rossiyada hukumat tarafdori sifatida taniqlan va koʻplab ijtimoiy-siyosiy bahslarga sabab boʻlgan. Shu yilning iyunida SBU xuddi shunday ayblov bilan rossiyalik xonanda Nikolay Baskovga nisbatan ham qidiruv eʼlon qilgandi.

    Boshqa yangiliklar