AsosiyJamiyat

Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

Sentyabr–oktyabr oylarida poytaxtning turli hududlarida issiq suv taʼminoti profilaktika ishlari sababli bosqichma-bosqich oʻchiriladi.

'Toshkentda issiq suv qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

“Veolia Energy Tashkent” xabariga ko‘ra, 8 sentyabrdan 10 oktyabrgacha shahar bo‘yicha bir nechta mavze va massivlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi. Reja quyidagicha belgilangan:

8–12 sentyabr: Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzok Hamroyev va boshqa ko‘chalar, shuningdek, Qorasuv–1,2,3,4,6 massivlari, Bo‘z–2, Feruza, Chilanzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A) va boshqa hududlar.

15–19 sentyabr: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Parkent, Cholpon ko‘chalari, Tuzel–1÷4, Aviasozlar shaharchasi, shuningdek, Amir Temur, Mustaqillik, Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli va boshqa markaziy yo‘llar.

22–26 sentyabr: Mustaqillik shoh ko‘chasi, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, ToshGRES posyolkasi, shuningdek, Bunyodkor, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Furqat va Chorsu maydoni atrofida suv o‘chadi.

29 sentyabr – 3 oktyabr: Amir Temur, Ahmad Donish, Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Shahriston va Yunusobod ko‘chalari hamda Yunusobod (1–19), Talabalar shaharchasi, Sebzor, Beltepa, Ibn Sino va boshqa massivlarda issiq suv berilmaydi.

6–10 oktyabr: Munis, Sariko‘l, Eski va Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod ko‘chalari hamda Qo‘yliq–1÷7, Sergeli (1–8A), Yulduz (1–18), Bektemirdagi “Vodnik”, Sergelidagi “Quruvchi” massivlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini oshirish bo‘yicha qarorni ma’qullagandi: aholi uchun – 15 foizga, yuridik shaxslar uchun – 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa – 18,8 foizga.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi

    O‘zbekistonliklar uchun Yaponiyada avtobus haydovchisi bo‘lib ishlash imkonini beruvchi yangi dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    'Apple’da rahbariyat almashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:38

    Apple’da rahbariyat almashadi

    Hozirgi rahbar Tim Kuk esa direktorlar kengashi raisi bo‘lib qoladi.

    'Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:20

    Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi

    Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 14:40

    Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”

    Belarus yetakchisi G‘arb tanqidlariga munosabat bildirib, AQSH bilan "katta bitim"ga tayyorligini aytdi.

    'Истанбулда ўзбекистонлик аёл севгилисини 20 минг долларга “туширдими”?'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 12:46

    Истанбулда ўзбекистонлик аёл севгилисини 20 минг долларга “туширдими”?

    Turkiyalik erkak munosabat davomida o‘zbekistonlik ayolga katta miqdorda pul berganini maʼlum qildi.