AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada 50 yoshli erkak o‘z oila a’zolarini bog‘ib o‘ldirdi

Prokuratura oʻlim jazosini talab qilgan boʻlsa-da, sud erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlagan.

'Janubiy Koreyada 50 yoshli erkak o‘z oila a’zolarini bog‘ib o‘ldirdi'ning rasmi

Janubiy Koreyada erkak oʻz oilasining 5 nafar aʼzosini oʻldirib, umrbodga qamaldi.

Suvon tumani sudiga koʻra, 50 yoshlar atrofidagi Li familiyali erkak ota-onasi, rafiqasi va ikki qiziga oldin sedativ (uxlatuvchi, tinchlantiruvchi) dorilar berib, keyin bogʻib oʻldirgan. U giyohvand moddalar nazorati qonunini buzganlikda va qasddan odam oʻldirganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura oʻlim jazosini talab qilgan boʻlsa-da, sud erkakka umrbod qamoq jazosi tayinlagan. Bildirilishicha, Li tadbirkor boʻlib, uning milliardlab von qarzi boʻlgan.

    Boshqa yangiliklar