2025 yil 28 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million nafarga yetdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 19 million 136 ming 800 nafari erkaklar, 18 million 863 ming 200 nafari esa ayollarni tashkil etadi.
Shu tariqa, erkaklar soni ayollar sonidan 273 ming 600 nafarga ko‘p bo‘lib, umumiy aholi tarkibida erkaklar ulushi 50,36 foizni, ayollar ulushi esa 49,64 foizni tashkil qilmogda.