Suriyaning muvaqqat hukumatı denominatsiyalangan milliy valyutadagi banknotlarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Goznak” Suriya uchun ilgari ham banknotlar chop etgan. Suriyada yangi banknotlar chiqariladi, kuchsizlangan funtga ishonchni tiklash maqsadida undan ikkita nol olib tashlanadi.
Nashrning ikkita manbasining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning muvaqqat hukumatı yangi banknotlarni Rossiyaning “Goznak” kompaniyasi bilan ishlab chiqarishga kelishib olgan. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, tegishli bitim joriy yilning iyul oyi oxirida Suriya delegatsiyasining Moskvaga tashrifi chog‘ida erishilgan.
Shuningdek, 2024 yilda Suriyada hokimiyat almashinuvi yuz bergandi. O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida muxolifatning qurolli otryadlari Suriya armiyasi pozitsiyalariga hujum boshladi, mamlakatning ikkinchi muhim shahri Halabni egalladi va 8 dekabr kuni Damashqqa kirdi. Bashar Asad prezidentlik vakolatlarini topshirdi va mamlakatni tark etdi. Yangi Suriya ma’muriyati rahbiri Ahmad ash-Shara joriy yilning 29 yanvarida o‘tish davri prezidenti sifatida e’lon qilindi.