AsosiySiyosat

Mirziyoyev "Arqadag" bilan yuzma-yuz muzokara o'tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalq yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun “Avaza” turizm zonasida uchrashdi. Muzokaralarda strategik sheriklik masalalari muhokama qilindi.

'Mirziyoyev "Arqadag" bilan yuzma-yuz muzokara o'tkazdi'ning rasmi

Kecha, 22 avgust kuni Turkmanistonnning “Avaza” milliy turizm zonasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammadov bilan yuzma-yuz va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. Bolajak oliy darajadagi uchrashuvlar, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlik, shuningdek “Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston” uch tomonlama formatidagi aloqalar muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yaqinlashib kelayotgan ettinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar