Chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibini tartibga soluvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, agar shaxs mamlakatni tark etishi va sud jarayonidan uzrli sabablarsiz qochishi mumkinligiga asos bo‘lsa, sud uning chiqish huquqini vaqtincha cheklashi mumkin - hatto u hibsda bo‘lmasa ham.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma ko‘zgatish haqida mazkur majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Sud iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq majlisda ko‘rib chiqadi.
Sud ko‘rib chiqqandan so‘ng chet elga chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni qo‘llashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Qaror chiqarilgandan so‘ng 48 soat ichida shikoyat yoki protest bildirish mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.