AsosiyJinoyat

Yoshlar ongini zaharlashga uringan guruh fosh etildi

Tezkor tadbirlar davomida ular ushlandi va qonuniy choralar ko‘rildi.

'Yoshlar ongini zaharlashga uringan guruh fosh etildi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2004–2006 yillarda tug‘ilgan bir necha yoshlar "Telegram" va "Instagram" orqali ta’qiqlangan terroristik tashkilotlar targ‘iboti bilan shug‘ullangani aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ular IShID va "Turkiston islom harakati"ga oid materiallarni tarqatib, yopiq guruhlarda ekstremistik g‘oyalarni yoyishgan.

Shuningdek, Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlarga qo‘shilish niyatida "jihod", "hijrat" va "shahid" kabi shiorlarni hayotiy maqsad sifatida ko‘rsatishgan.

Tezkor tadbirlar davomida ular ushlandi va qonuniy choralar ko‘rildi. Mutasaddilar internetdagi shubhali sahifalardan ogoh bo‘lishga, yot g‘oyalarga aldanmaslikka chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar