AsosiyJamiyat

Toshkentda sintepon ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

'Toshkentda sintepon ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 30 iyul kuni soat 09:58 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan, sintepon ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:02 da yetib borgan va yong‘in soat 10:10 da qurshab olinib, soat 10:13 da o‘chirilgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

    Boshqa yangiliklar