AsosiyDunyo

Tramp Putinga 10 kunlik muhlat berdi: Urush to‘xtamasa, sanksiyalar kuchayadi

Bu haqda u Shotlandiyani tark etishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

'Tramp Putinga 10 kunlik muhlat berdi: Urush to‘xtamasa, sanksiyalar kuchayadi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina urushini yakunlash uchun 10 kunlik muddat berdi. Bu haqda u Shotlandiyani tark etishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Bugundan boshlab o‘n kun,” — dedi Tramp. Agar bu muddat ichida Rossiya tinchlik yo‘lida aniq qadam qo‘ymasa, AQSH Moskvaga nisbatan avval e’lon qilingan boj to‘lovlarini joriy qiladi.

“Bu Rossiyaga ta’sir qiladimi-yo‘qmi, bilmayman. Chunki u urushni davom ettirishni xohlayotgandek ko‘rinadi”, — deya qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.

Tramp, shuningdek, Putin tomonidan uning ultimatumiga javob bo‘lmaganini “uyatli holat” deb atadi.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp bayonotini Kreml “e’tiborga olganini” bildirgandi.

    Boshqa yangiliklar