AsosiyJinoyat

Respublikaning uch hududida mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Respublikaning uch hududida mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Namangan, Qashqadaryo hamda Toshkent shahrida ish yurituvchi mansabdorlar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining matbuot xizmati Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, dastlabki holat Namangan viloyatida kuzatilgan. Hududda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

“Mansabdor shaxs so‘ralgan pulning 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida  ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Keyin ma’lum qilinishicha, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun  muqaddam bir necha marotaba sudlangan”, — deyiladi xabarda.

Namangandan uzoqlashmaymiz. Viloyatda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 783 mln so‘mlik  soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga tushgan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i ham  4400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlangan.

Keyingi holat poytaxt Toshkentning Mirobod tumanida kuzatilgan. Tuman  hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Yana bir holat Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan. Qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 04:59

    Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi

    Ular fuqarodan 20 million so‘m talab qilgan.

    'Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 09:57

    Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi

    Yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniklash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

    'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 03:43

    Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

    Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 01:41

    Qoʻshiqchi Rihannani oʻldirmoqchi boʻlishdi

    Uning uyiga qarata o‘q uzgan ayol qo‘lga olindi.