AsosiyMadaniyat

Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi

“Men Ibrohim Totlisasning qiziman!” — Dilan Chitak politsiyani ustiga mashina haydadi.

'Ibrohim Totlisasning qizi politsiyani bosib ketmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

Dilan Chitak politsiya nazoratini chetlab o‘tib, avtomashinasini huquq-tartibot xodimlari tomon haydagani ma’lum qilindi

Turkiya shou-biznesida navbatdagi shov-shuv. Mashhur qo‘shiqchi Ibrohim Totlisasning qizi, xonanda Dilan Chitak politsiyaga nisbatan qilgan harakati bilan keng jamoatchilikning qattiq tanqidiga uchradi.

Istanbuldan Bodrumga safar qilgan Chitak Bodrumdagi Konojik Atatyurk bulvarida politsiya nazoratini chetlab o‘tib, avtomashinasini huquq-tartibot xodimlari tomon haydagani ma’lum qilindi. Bu voqea katta shov-shuvga aylandi.

Guvohlarning aytishicha, Dilan Chitak politsiyaning “to‘xta” degan buyrug‘ini inkor etib, harakatini davom ettirgan va hatto mashinasini politsiyaning ustiga haydagan. Bu harakatga javoban politsiya xodimlari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishga majbur bo‘lgan.

Keyinchalik, Chitak avtomashinasini tashlab, boshqa mashinaga o‘tirgan, biroz vaqtdan so‘ng esa yana o‘z mashinasiga qaytib, eshiklarni berkitib olgan. Oxir-oqibat, Dilan Chitak eshikni ochgan va u qo‘lga olingan.

Qo‘lga olish jarayonida Chitak: “Men Ibrohim Totlisassning qiziman! Meni mashhur bo‘lganim uchun shunday qilayapsizlar!” degan so‘zlari bilan politsiyaga qarshi chiqqan. Uning bu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan

Dilan Chitakning inkor bayonotiga birinchi bo‘lib uning akasi Ido Tanliqses javob berdi. U turkiyalik jurnalist Izzat Chapaning tanqidiy postiga layk bosish orqali munosabat bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi'ning rasmi

    Madaniyat 10.07.2025 20:11

    Jaloliddin Ahmadaliyev ham jarimaga tortildi

    Muallif zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

    'Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi'ning rasmi

    Madaniyat 04.07.2025 17:26

    Keti Perri va Orlando Blum ajralganini e’lon qildi

    Dunyo shou-biznesining eng mashhur juftliklari farzandlarini urish-janjalsiz muhitda tarbiyalash uchun bu qarorga kelganini aytgan.

    '"Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa'ning rasmi

    Madaniyat 10.06.2025 17:26

    "Oskar" ham najot keltirmagan qora tanli aktirsa

    "Shamolda qolgan hislarim" filmidagi "Onaxon"ning og‘riqli qismati.

    'Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq"ning so‘nggi filmidagi tryuki bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi'ning rasmi

    Madaniyat 06.06.2025 20:11

    Tom Kruz "Uddalab bo‘lmas topshiriq"ning so‘nggi filmidagi tryuki bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi

    62 yoshli aktyor yonayotgan parashyutda sakrash sahnasi uchun 16 marta dubl qilgan.

    'Markaziy Osiyo modasining qayta tiklanishi'ning rasmi

    Madaniyat 02.06.2025 17:45

    Markaziy Osiyo modasining qayta tiklanishi

    Londonda o‘zbek milliy va zamonaviy uslubni uyg‘unlashtirgan dizayner e’tirof etildi.

    'Bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi'ning rasmi

    Madaniyat 31.05.2025 22:30

    Bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

    U o‘z umrini san’atga bag‘ishlab, 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan.