AsosiyDunyo

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi

Migrantga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hibsga olingan.

'Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi'ning rasmi

Moskvada sodir bo‘lgan ushbu ayanchli voqea bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tomonidan 50 yoshli kar-soqov erkakka nisbatan jismoniy kuch qo‘llanilishi oqibatida u vafot etgan

Voqea 2025 yil 20 iyul kuni chiqindi konteynerlari yaqinida sodir bo‘lgan. Mahalliy boshqaruv kompaniyasida vaqtinchalik ishchi sifatida faoliyat yuritayotgan ikki muhojir axlatni saralayotgan vaqtda kar-soqov erkak ishoralar orqali norozilik bildirgan. Gumonlanuvchilar uning harakatlarini tajovuz sifatida qabul qilganliklarini bildirishgan. 

Shundan so‘ng, migrantlardan biri uni kaltaklagan. Jabrlanuvchining qorniga ikki marta, boshiga esa bir marta kuchli zarba berilgani aniqlangan. Erkak hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, yiqilib tushganidan so‘ng boshini yerga urib, og‘ir jarohat olgan. Gumonlanuvchilar hodisa izlarini yashirish maqsadida uning jasadini butalar orasiga olib borib, voqea joyidan qochib ketgan. 

Tergovchilar kuzatuv kameralari orqali jinoyat tafsilotlarini aniqlab, gumonlanuvchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. U Rossiyada noqonuniy yashab kelgan bo‘lib, hozirda hibsda saqlanmoqda. 

Unga nisbatan “Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga olib kelgan og‘ir tan jarohati yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Ittifoqi aeroportlari qo‘l yukidagi suyuqliklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:26

    Yevropa Ittifoqi aeroportlari qo‘l yukidagi suyuqliklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi

    Amaldagi qoidalarga ko‘ra, qo‘l yukida 100 ml.dan ortiq butilkalarni olib yurish taqiqlanadi.

    'Fransiyaning Falastinni tan olish qarori nimani anglatadi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:12

    Fransiyaning Falastinni tan olish qarori nimani anglatadi?

    Makronning Falastinni davlat sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori kelajakda ma’lum oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    'Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 21:23

    Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi

    Bu tashabbus ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti.

    'Saratovda ko‘p qavatli uy portladi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 20:48

    'Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 17:53

    Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi

    Rossiya Checheniston rahbarligidagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.

    'Turkiyada neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 10:57