AsosiyDunyo

Yevroittifoq Ukrainaga 100 milliard yevro ajratadimi?

Ushbu mablag‘ grantlar va kreditlardan iborat bo‘ladi.

'Yevroittifoq Ukrainaga 100 milliard yevro ajratadimi?'ning rasmi

2028–2034 yillarga mo‘ljallangan Yevroittifoq budjetida Ukrainaga alohida yordam fondi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Uning umumiy hajmi 100 milliard yevroni tashkil etishi mumkin.

Yevrokomissiya taklif qilgan budjet loyihasiga ko‘ra, ushbu mablag‘ grantlar va kreditlardan iborat bo‘ladi. Grantlar YEI budjetidan to‘lanadi, kreditlar esa Ukrainaning zimmasiga yuklanadi.

“Agar Ukraina qarzlarni qaytara olmasa, YEI budjeti bu majburiyatni qoplashga majbur bo‘ladi” deydi Yevroittifoq rasmiysi.

Shu bilan birga, grant va kreditlar nisbati hali aniq emas. Bu masala Yevroparlament va Yevroittifoq Kengashi bilan muzokaralar davomida hal qilinadi.

Mutaxassislar fikricha, Ukrainaga beriladigan yordamda grantlar ulushi oshishi mumkin, chunki mamlakatda allaqachon katta tashqi qarz mavjud.

Bundan tashqari, ajratiladigan 100 milliard yevro miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Avvalgi tajribaga ko‘ra, tashqi siyosatga oid budjetlar ko‘pincha qisqartirilgan. Muzokaralar esa bir necha yilga cho‘zilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fransiyaning Falastinni tan olish qarori nimani anglatadi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:12

    Fransiyaning Falastinni tan olish qarori nimani anglatadi?

    Makronning Falastinni davlat sifatida e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori kelajakda ma’lum oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 22:04

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrant 50 yoshli nogironni o‘ldirib qo‘ydi

    Migrantga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hibsga olingan.

    'Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 21:23

    Zelenskiy ukrainalik harbiylarning maoshini oshirish uchun YEIdan moliyaviy yordam so‘ramoqchi

    Bu tashabbus ko‘proq askarlarni yollashga yordam berishi kutilyapti.

    'Saratovda ko‘p qavatli uy portladi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 20:48

    'Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 17:53

    Qodirov Bodrumda ahvoli og‘irlashib, kasalxonaga yotqizildi

    Rossiya Checheniston rahbarligidagi ehtimoliy o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.

    'Turkiyada neft qudug‘ida yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo 25.07.2025 10:57