AsosiySiyosat

Mirziyoyev nega Jizzaxga bormoqchi?

Davlat rahbari viloyatdagi sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganadi.

'Mirziyoyev nega Jizzaxga bormoqchi?'ning rasmi

Bugun, 22 iyul kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida Prezident viloyatda sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa obyektlar bilan tanishadi.

7 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishgandi.

    Boshqa yangiliklar