AsosiyJamiyat

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

'Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

Joriy yilning 19 iyul kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz vaqtida chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati rahbari Qizlarxon Xo‘jayeva ma’lum qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, parvoz davomida yo‘lovchilardan birida muddatidan oldin tug‘uruq boshlangan. Bortda bo‘lgan ikki nafar shifokor ekipaj bilan hamkorlikda zarur tibbiy yordamni tezkorlik bilan ko‘rsatgan.

Ekipaj komandiri qarori bilan samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ngan, u yerda ona va yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolani shifokorlar kutib olishgan.

    Boshqa yangiliklar