AsosiyJamiyat

Ehson bahonasida odamlardan pul olganlar aniqlandi

3 nafar shaxsdan daliliy ashyo sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

'Ehson bahonasida odamlardan pul olganlar aniqlandi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir necha shaxslarning odamlar bilan intervyu olish bahonasida gaplashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan pul yig‘ayotgani aks etgan video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha poytaxt IIBB hamda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan.

Natijada mazkur ishda gumonlangan 3 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, nogironlarga yordam kabi bahonalar bilan pul yig‘ayotgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan daliliy ashyo sifatida pul mablag‘lari xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

“Odamlardan ehsonlikka deb ko‘pincha “Xalqlar do‘stligi” metrosidan chiqqanda, Magic city, uni ichida pul olinardi. “Ehsonlikka, yaxshilikka hissangizni qo‘sha olasizmi?”, deb pul so‘rardik. Berganlar 10 ming, 20 ming ham berardi. Boshqa takrorlanmaydi. Xalqimizdan uzr so‘rayman”, deydi ulardan biri.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan bu kabi shaxslarga pul bermaslik, shunday holatga duch kelgan taqdirda darhol ichki ishlar organlariga xabar berish so‘raladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:02

    Sukutda qolayotgan qichqiriq: Bog‘chalar bolalar uchun xavfsiz emasmi?

    Darakchi.uz so‘ngi vaqtlarda ko‘pchilikni e’tiroziga sababchi bo‘layotgan holat yuzasidan yozilgan maqolani e’tiboringizga havola etadi.

    'Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 20:57

    Xorazmda ikki qiz o‘z joniga qasd qildi

    7 qavatli uyning tomidan 2 nafar o‘smir o‘zini-o‘zi pastga tashlab, vafot etgan.

    'Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:56

    Toshkentda Tico 3 yoshli bolani urib yubordi

    Holat tafsilotlari ochiqlandi.

    'Kuvaytdagi noyob yoqut toshlar O‘zbekistonga olib kelinadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:39

    Kuvaytdagi noyob yoqut toshlar O‘zbekistonga olib kelinadi

    “Islom meroslari uyi” va “Toriq Rajab muzeyi”ga ilmiy-ijodiy safar qilindi.

    'Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan marhum inspektor mukofotlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 19:34

    Andijonda pichoqlab o‘ldirilgan marhum inspektor mukofotlandi

    Medal viloyat hokimi tomonidan marhumning oila a’zolariga topshirildi.

    'IELTS endi faqat kompyuterda: O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab “qog‘ozli format” bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 15:42

    IELTS endi faqat kompyuterda: O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab “qog‘ozli format” bekor qilinadi

    Bu o‘zgarish IDP, British Council va Cambridge University Press Assessment tomonidan o‘tkaziladigan barcha imtihonlarga tegishli.