AQSH prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan boshlab Yaponiya va Janubiy Koreyadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik boj stavkasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining “Truth Social” tarmog‘ida rasmiy maktublarni e’lon qilish orqali bildirdi.
Tramp Tokio va Seulni ishlab chiqarish quvvatlarini AQSHga ko‘chirishga chaqirdi — bu orqali ular boj to‘lovlaridan qutulishi mumkinligini ta’kidladi. Aks holda, u tarif stavkalarini yanada oshirish bilan tahdid qildi:
“Agar Yaponiya yoki Janubiy Koreya o‘z boj stavkalarini ko‘taradigan bo‘lsa, biz ham bu raqamga 25 foiz qo‘shamiz”, — dedi Tramp.
Ushbu bayonot AQSHning Osiyo davlatlari bilan savdo munosabatlarida keskin burilish bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.