Rossiya va Laos o‘rtasidagi harbiy hamkorlik doirasida Laos davlati o‘z askarlarini Rossiyaning Kursk viloyatiga yuboradi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, laoslik harbiylar minalardan tozalash ishlarida ishtirok etadi. Bu orqali Rossiya armiyasining mahalliy resurslari bo‘shatiladi va asosiy kuchlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukraina urushiga yo‘naltiriladi, deya yozmoqda "zamon.uz".
Shimoliy Koreyadan keyin Laos Rossiyani ochiq qo‘llayotgan navbatdagi davlat sifatida maydonga chiqdi. Laos 1975 yildan beri kommunistik boshqaruv ostida bo‘lib, Rossiya bilan yaqin siyosiy aloqalarga ega. Bu qaror xalqaro hamjamiyatda jiddiy e’tirozlar uyg‘otishi mumkin, chunki u Ukraina mojarosidagi kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Laos harbiylarining asosiy vazifasi Kursk viloyatidagi infratuzilma atrofini xavfsizlantirishdan iborat bo‘ladi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ular jangovar harakatlarda emas, balki orqa frontdagi texnik ishlar bilan shug‘ullanadi. Biroq, bu Rossiyaning front liniyasida qo‘shimcha harbiy kuchlarni safarbar qilish imkonini beradi.
Bu harakat Rossiyaning xalqaro miqyosda izolyatsiyadan chiqishiga urinish sifatida ham baholanmoqda. Harbiy ekspertlar bu kabi tashabbuslar Rossiyaga texnik yordam ko‘rsatish bilan birga, ayrim davlatlarning o‘z pozitsiyalarini aniq namoyon qilishga olib kelmoqda. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bu qadamni qanday baholashi hozircha noma’lum.