AsosiyDunyo

Tramp Xitoyga nega bormoqchi?

“Bloomberg” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, AQSH yetakchisi kuzda Xitoyga boradi.

'Tramp Xitoyga nega bormoqchi?'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp kuzda Amerika kompaniyalari rahbarlari bilan Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Bloomberg” yozmoqda

Nashrda keltirilishicha, Amerika ma’muriyati vakillari Oq uy rahbariga 2025 yilda Xitoyga bo‘lishi mumkin bo‘lgan safarda hamrohlik qilishdan manfaatdormi yoki yo‘qligini bilish uchun ayrim kompaniyalar rahbarlari bilan bog‘langan.

Taklif etilayotgan sanalardan biri oktyabr oyining oxiri bo‘lib, Koreya Respublikasida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti va Malayziyada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi sammiti bo‘lib o‘tadi. Amerika Prezidenti odatda bu ikkala tadbirda ham qatnashadi.

Agentlik eslatishicha, Tramp o‘zining birinchi xorijiy safarini – Fors ko‘rfazi mamlakatlariga – moliya, texnologiya va ishlab chiqarish olamining yuqori martabali rahbarlari bilan birga qilgan.

Prezident energiya, sun’iy intellekt, chiplar, aerokosmik va boshqa sohalarni qamrab olgan yangi milliard dollarlik kelishuvlarni e’lon qildi, bu esa Qo‘shma Shtatlarning korporativ kuchini namoyish etdi.

Ma’muriyat matbuot kotibi Kerolayn Livittdan izoh so‘ralganda, u Xitoyga tashrif hozircha rejalashtirilmaganini aytgan. Savdo departamenti esa izoh berishdan bosh tortgan.

    Boshqa yangiliklar