AsosiyDunyo

Ispaniyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuzaga keldi

Kataloniyada 5000 gektardan ortiq maydon zararlangan.

'Ispaniyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuzaga keldi'ning rasmi

Ispaniyaning shimoli-sharqida joylashgan Kataloniya mintaqasida kuchli o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelib, katta maydonlarni qamrab oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi

Mahalliy ommaviy axborot vositalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan zarar ko‘rgan umumiy maydon 5000 gektardan oshgan. Yong‘inlarni o‘chirishda yuzlab o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruv xizmatlari jalb qilinmoqda. Voqea joyidan odamlar xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan, ayrim yo‘llar vaqtincha yopilgan.

Ob-havo sharoiti — kuchli shamol va quruq iqlim — yong‘in tarqalishini yanada tezlashtirayotgani aytilmoqda.

Rasmiylar aholini hushyor bo‘lishga va xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirmoqda.

    Boshqa yangiliklar