“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektorining janubiy va markaziy hududlariga bir nechta havo hujumlari uyushtirgan. Xususan, Xon-Yunus shahrining Al-Mevasi tumanida bir uyning nishonga olinishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, shaharda ko‘chirilganlarga tegishli 3 chodir bombardimon qilinib, 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Markaziy G‘azodagi hujumlarda esa 5 dan ortiq odam turli joylarda halok bo‘lgan, jumladan, Salohoddin prospektida yordam punktiga ketayotgan fuqarolarga o‘q uzilishi oqibatida 10 kishi nobud bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Deyr al-Balah va Rafah shaharlari ham nishonga olingan. Rafahda gumanitar yordam kutib turgan odamlarga bomba tashlangan, 5 kishi halok bo‘lgan.
Tahlilchilar bu hujumlarni tinch aholi orasida talafot keltiruvchi eng yirik zarbalardan biri sifatida baholamoqda. Isroil tomoni hozircha ushbu hodisalar yuzasidan izoh bergani yo‘q.