AsosiyDunyo

Kaliforniyadagi pirotexnika omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Hozirda mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.

'Kaliforniyadagi pirotexnika omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

Kaliforniya shtatining Yolo okrugiga qarashli Esparto shahrida pirotexnika vositalari saqlanadigan omborda yong‘in chiqdi.

Yong‘in vaqtida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi va binolarning katta qismi zararlangan. Bu haqda “Zamon.uz” ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havoda bir necha yuz kilogrammgacha pirotexnika portlab, tutun osmonga 5 kilometrgacha ko‘tarilgan. Kuchli portlashdan so‘ng, binoda yana bir nechta portlashlar qayd etilgan.

Bir necha soat ichida qutqaruvchilar olovni to‘xtata olmagan. Ma’lum qilinishicha, alanga 40 ta futbol maydoniga teng maydonni qamrab olgan. O‘chirishga aviatsiya jalb qilingan.

Mahalliy hokimiyat yaqin atrofdagi aholi punktlarida shoshilinch evakuatsiya e’lon qildi. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan, portlash sababi esa, aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar