AsosiyDunyo

Lukashenko 16 nafar shaxsni afv etdi

Afv etilganlar orasida “ekstremistik yo‘nalishdagi” moddalar bo‘yicha sudlanganlar ham bor.

'Lukashenko 16 nafar shaxsni afv etdi'ning rasmi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 16 nafar fuqaroni afv etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Afv etilganlar orasida “ekstremistik yo‘nalishdagi” moddalar bo‘yicha sudlanganlar ham bor. Odatda, ushbu moddalar bo‘yicha Belarusda siyosiy mahbuslar jazolanadi.

Afv qilinganlarning 8 nafari erkak, 8 nafari ayol. Ularning uch nafari 50 yoshdan katta, bittasi esa nogironligi bor shaxs.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylar ichida bu Belarusda prezident tomonidan qilingan navbatdagi ommaviy afvdir.

    Boshqa yangiliklar