Yevrokomissiya rasmiysi Giyom Merse Ukraina Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, rasmiy Kiyev barcha zarur talablarni “eng og‘ir sharoitlarda” bajargan.
“Endi navbat Vengriyaga. U qanday yo‘l tutishini o‘zi hal qilishi kerak”, – deydi Merse.
Avvalroq, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘z mamlakatida o‘tkazilgan “referendum” natijalariga asoslanib, ukrainaliklarning a’zolik masalasiga qarshi ekani haqida bayonot bergan.
Rasmiy Bryussel esa ushbu ovoz berishni huquqiy kuchga ega emas, deb hisoblamoqda.
Yevrokomissiya Budapeshtdan bu boradagi qarshi fikrlarni asoslab berishni talab qilmoqda.