AsosiyJamiyat

Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishi mumkin.

'Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi'ning rasmi

Toshkent ko‘chalarida harakat xavfsizligini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘l transport hodisalarining oldini olish va shaharda tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, markazga tatbiq etilgan intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi. Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir jarayonida Toshkent shahar hokimi tomonidan yo‘l-patrul xizmatiga 20 dona, patrul post xizmati uchunmaxsus jihozlangan 20 dona Cobalt rusumli yangi xizmat avtomobillari topshirildi. Ushbu avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kameralar vaziyatlar markaziga integratsiya qilingan.

Ushbu avtomashinalarda o‘rnatilgan zamonaviy kameralar qidiruvdagi shaxslar, olib qochilgan transport vositalari, jamoat xavfsizligiga tahdid qoluvchi holatlar haqida markazga xabar yuborish imkoniyati mavjud. Markaz esa bir vaqtning o‘zida barcha xizmat avtomobillaridagi kameralarni masofadan turib boshqarishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar