AsosiyJamiyat

Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Mudhish hodisa oqibatida bor nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.

'Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Navoiy viloyati Konimex tumanida "Ford Transit" avtomobili haydovchisi uxlab qolishi oqibatida to‘siqqa borib urildi. Oqibatda bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi.

Navoiy viloyati Konimex tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “MY5” telekanalida xabar berildi.

Holat Navoiy — Uchquduq xalqaro avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan. 63 yoshli Ford Transit mashinasi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan.

Oqibatda avtomobilda yo‘lovchi sifatida kelayotgan 58 yoshli fuqaro hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir 58 yoshli fuqaro esa o‘ng oyoq yopiq sinishi jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar