AsosiyDunyo

AQSH yaqin 48 soat ichida Eronning ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Hujumlar AQSHning ichki yoki xorijdagi obyektlariga uyushtirilishi mumkin.

'AQSH yaqin 48 soat ichida Eronning ehtimoliy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

Donald Tramp ma’muriyati Eron tomonidan ehtimoliy qasos choralariga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. NBC News’ning Pengaton va Oq uydagi manbalariga tayanib yozishicha, yaqin 48 soat alohida xavotir uyg‘otmoqda.

Suhbatdoshlarning ta’kidlashicha, Eron yadro obyektlariga uyushtirilgan hujumga javob AQSHning ichki yoki xorijdagi obyektlariga qaratiladimi, yo bo‘lmasam, har ikkisiga ham — hozircha noma’lum.

AQSHning chet eldagi harbiy bazalari so‘nggi bir necha oydan beri yuqori jangovar shay holatda, ammo Oq uydagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, 13 iyun kuni Isroil Eron bilan urush boshlaganidan keyin ehtimoliy hujum xavotirlari sezilarli darajada oshgan.

Eron yadroviy inshootlariga hujum 22 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. G‘arb OAVga ko‘ra, AQSH Harbiy-havo kuchlari zarba berishda B-2A Spirit bombardimonchisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obyektlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Eron AQSHning mamlakatdagi yadro obyektlariga uyushtirgan hujumlaridan keyin BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. O‘z navbatida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSHning Eronga qarshi xatti-harakatlaridan chuqur xavotir bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:56

    Apple AQSH o‘rniga Hindistonga sarmoya kiritmoqda

    Apple Tramp tahdidlariga qaramay Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirmoqda.

    'Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev'ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:47

    Tramp yangi urush boshladi — Dmitriy Medvedev

    Medvedev AQSHning Eron yadro obyektlariga bergan zarbasiga o‘z munosabatini bildirdi.

    'Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:37

    'AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:58

    AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bu boradagi bayonoti BMT saytida chop etildi.

    'AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    AQSH havo kuchlari Eronga zarba berdi

    Bu haqda Tramp ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirdi.

    'Isroil Eronning HAMAS bilan harbiy koordinatorini o‘ldirganini aytmoqda'ning rasmi

    Dunyo 21.06.2025 22:06

    Isroil Eronning HAMAS bilan harbiy koordinatorini o‘ldirganini aytmoqda

    Eron hozircha Izodiyning o‘ldirilganini tasdiqlamadi.