AsosiySport

FIFA “Lokomotiv”ni jazoladi

Klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

'FIFA “Lokomotiv”ni jazoladi'ning rasmi

Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA Rossiyaning Moskva shahri jamoasi “Lokomotiv” klubiga qattiq jazo qo‘lladi. Endilikda klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Bu chorani tashkilot 2024 yil 18 iyun kuni rasmiy qaror bilan e’lon qildi va u uchta transfer oynasi davomida amal qiladi.

Nega bunday bo‘ldi?

Bunga sabab — “Lokomotiv”ning Ukrainaning “Mariupol” klubiga 50 ming yevro miqdoridagi kompensatsiyani to‘lashdan bosh tortgani bo‘ldi.

Mazkur mablag‘ futbolchi Mark Mampassining tayyorlov xarajatlari uchun undirilgan edi.

Ish tafsiloti

Mark Mampassi 2021 yil dekabrda Donetskning “Shaxtyor” klubidan “Lokomotiv”ga o‘tgan. U ilgari Ukraina yoshlar terma jamoasi safida ham o‘ynagan. “Mariupol” esa Mampassini o‘z tarbiyalanuvchisi sifatida tan olib, “Lokomotiv”dan kompensatsiya talab qilgan.

Moskvaliklar esa bu mablag‘ni to‘lashdan bosh tortib, sudda o‘z pozitsiyasini himoya qilgan.

Qizig‘i shundaki, “Lokomotiv” vakillari kompensatsiya to‘lamaslikka asos sifatida “Mariupol allaqachon Rossiya shahri, klub esa yo‘q qilingan va mavjud emas”, degan pozitsiyani bildirgan.

Biroq Sport arbitraj sudi (CAS) bu vajni asossiz deb topdi va “Lokomotiv”ni to‘lovga majbur qildi. Ammo klub bu qarorni bajarmagani uchun FIFA sanksiya qo‘lladi.

Endilikda “Lokomotiv” yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Bu jazo klubga nafaqat sport nuqtayi nazaridan, balki obro‘ va moliyaviy jihatdan ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Sport 19.06.2025 21:23

    'Tarixiy g‘alabadan so‘ng – shonli bayram Toshkentda'ning rasmi

    Sport 11.06.2025 10:14

    Tarixiy g‘alabadan so‘ng – shonli bayram Toshkentda

    “Darakchi.uz” O‘zbekiston milliy jamoasining g‘alabasini suratlarda jamladi.

    'O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi'ning rasmi

    Sport 09.06.2025 17:48

    O‘zbekiston va Qatar o‘yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi

    Mazkur o‘yindagi hisob jamoa uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, muxlislar ulardan chiroyli futbol va g‘alaba kutmoqda.

    'O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin 2 nafar BAA o‘yinchisi jamoadan haydaldi'ning rasmi

    Sport 09.06.2025 14:16

    O‘zbekiston bilan o‘yindan keyin 2 nafar BAA o‘yinchisi jamoadan haydaldi

    Ularning har biriga 500 ming dirham (taxminan 136 ming AQSH dollari) miqdorida jarima solingan.

    'Boks yana bir kompleks musobaqa dasturiga kiritildi'ning rasmi

    Sport 08.06.2025 15:39

    Boks yana bir kompleks musobaqa dasturiga kiritildi

    Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

    'BAA-O‘zbekiston o‘yiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi'ning rasmi

    Sport 02.06.2025 13:32

    BAA-O‘zbekiston o‘yiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi

    O‘zbekistonlik muxlislarning o‘yingohga sig‘maslik ehtimoli yuqori ekani va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi bildirildi.