AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Ayni paytda ikkita terminal, perron va angarlar qurish ishlari davom etmoqda.

'Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatning barqaror rivojlanishi va uning xalqaro jozibadorligi oshishi bilan tashqi iqtisodiy aloqalar faollashib, investitsiyalar oqimi ko‘paymoqda. Bunday sharoitda O‘zbekistonda transport infratuzilmasining barcha yo‘nalishlarini modernizatsiya qilishga o‘sishning asosiy omili sifatida ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Ana shunday strategik loyihalardan biri "Toshkent-Sharqiy" aeroportini rekonstruksiya qilishdir. U yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tez, xavfsiz va qulay qatnovlarni ta’minlash, shuningdek, poytaxtning asosiy xalqaro aeroportiga yuklamani yengillashtirishga mo‘ljallangan.

Avvalo, 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar ta’minlanadi.

Yangi aeroport qulay joylashuvi tufayli poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport xabiga aylanadi, shuningdek, Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, xalqaro tashriflar va ishbilarmonlik safarlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlarni qabul qilish uchun sharoitlar yaxshilanadi. Natijada iqtisodiy faollik oshadi, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi sezilarli darajada oshadi.

Davlatimiz rahbari loyihaning texnik xususiyatlari, terminallarning arxitekturaviy yechimi bilan tanishib, qurilish ishlarini jadallashtirish, servis darajasini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:55

    O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

    Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti va Navroʻz munosabati bilan bir-birini tabriklab, hamkorlik va mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi.

    'Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 19.03.2026 08:32

    Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

    'Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 17.03.2026 18:07

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy va xalqaro jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.