AsosiySiyosat

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi

Prezident raisligidagi videoselektorda inspeksiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

'Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi'ning rasmi

"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?", – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilishi belgilandi:

— Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

— Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.

— Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar