AsosiyJamiyat

Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Migratsiya agentligi muhim tavsiyalarni e’lon qildi.

'Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi'ning rasmi

Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ayrim odamlarning noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkinligidan ogohlantirildi.

Yaponiya – qonunlarga qat’iy amal qilinadigan, tartibli mamlakat ekanini eslatgan agentlik shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelganda aldanmaslik va uni rad etishni tavsiya qilgan:

“Maoshingni soliqdan ozod qilamiz” – bu noqonuniy;

“Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik” – ish vizangiz buzilishi mumkin;

“Kel, qimor o‘ynaymiz” – bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;

“Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman” – yasama ID kartalardan foydalanmang;

“Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o‘z bank kartangizni sotmang” – bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo‘shilib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin!

Shuningdek, xabarda fuqarolardan har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlar va viza shartlarini tekshirish, gumonli takliflar haqida mahalliy idoralarga yoki elchixonaga murojaat qilish so‘ralgan. Bu haqda ko‘proq ma’lumotni Yaponiyaning Immigratsiya xizmatlari agentligi saytida olish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 21:47

    'Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik fuqaro vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 18:10

    'Toshkent viloyatida poyezd va mikroavtobus YTH sodir qildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 15:57

    Toshkent viloyatida poyezd va mikroavtobus YTH sodir qildi

    Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

    'Erondagi cheklovlar sabab Dubay va Sharm el-Shayxga reyslar jadvali o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 14:37

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 13:34

    'Toshkent viloyatida 3 nafar bola suvda cho‘kib, vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 15.06.2025 11:42