AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida poyezd va mikroavtobus YTH sodir qildi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

'Toshkent viloyatida poyezd va mikroavtobus YTH sodir qildi'ning rasmi

Kecha, 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida poyezd va mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Qayd etilishicha, soat taxminan 16:40 da Bekobod shahrining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi temiryo‘l kesishmasida (shlagbaumsiz, biroq temiryo‘l svetafori va yo‘l belgilari mavjud) 2002 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi JAC M3 mikroavtobus harakatlanayotgan vaqtda temiryo‘lda kelayotgan TZM2UM dizel lokomotiv bilan to‘qnashgan va oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YHXB xabariga ko‘ra, hodisa tufayli transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetmagan.

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar