Eron havo mudofaa kuchlari Isroilga tegishli ikkita F-35 rusumidagi qiruvchi samolyotni urib tushirgani haqida xabar qilindi. Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi ma’lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Xabarlarga ko‘ra, urib tushirilgan samolyotlardan birining ayol uchuvchisi tirik holda asirga olingan. Voqea tafsilotlari hozircha to‘liq ochiqlanmagan.
Shuningdek, Fars axborot agentligi Eronning havo mudofaa tizimlari bir nechta boshqa harbiy samolyotlarni ham nishonga olganini, jumladan ikkita F-35 ni muvaffaqiyatli urib tushirganini ta’kidladi.