AsosiyJamiyat

Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi

Agar bolalar egizak bo‘lsa, yordam har bir bola uchun alohida hisoblanadi.

'Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi'ning rasmi

Ayrim ota-onalarga farzandi uchun moddiy yordam beriladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kambag‘al oila reyestriga kiritilgan, rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota yoki onaga, farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatida foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan YAHMning 1,5 baravarigacha miqdorda moddiy yordam ajratiladi.

“Agar bolalar egizak bo‘lsa, yordam har bir bola uchun alohida hisoblanadi”,— deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar