AsosiyJamiyat

Andijon hamda Buxoro hokimlarining fuqaroni haqorat qilgani aytilmoqda

Holat yuzasidan hokimliklar tomonidan hech qanday izoh berilmadi.

'Andijon hamda Buxoro hokimlarining fuqaroni haqorat qilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumani hokimi Nasibullo Mo‘minovning hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning fuqarolarni haqorat qilib, ular bilan janjallashgani yozib olingan ovozli xabar hamda video tasvir tarqaldi.

Asaka tumani hokimi Nasibullo Mo‘minovning ovozi yozib olingan xabarda u fuqaroga meni kimligimni bilmaysanmi? ko‘rsatib qo‘yaman senga, degan gaplari tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Holatni eshitgan, bilgan fuqarolar bunga yomon fikr bildirib, qachon? hokimlar qilgan ishi uchun xalqdan uzr so‘raydi? deb iddaolar qilmoqda.

Shuningdek, tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning chiqishlari ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Bog‘cha hududiga kirganlarning hammasining huquqiy hujjatlarini ko‘tarasan. Yo‘g‘ini hech kimni eshitmasdan buzasan. Mo‘min. Sud-pud demasdan bo‘zib tashlaysan. Bugunning o‘zida buzib tashlaysan. Narsasi, ichidagi odami bilan ko‘mib tashlaysan. Bo‘ldi endi, sud-pud deb, hammasini erkalatganimiz. Orqadan eshik ochganning hujjatini ko‘rasan, – deydi hokim Botir Zaripov.

Ammo mazkur holatlar yuzasidan hanuzgacha Asaka tumani hokimligidan ham Buxoro viloyati hokimligidan ham sado chiqmadi. Ijtimoiy tarmoq faollari esa “so‘kong‘ich” hokimlarning xalqdan uzr so‘rashi kerakligi yozmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:13

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    14 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    '“Qo‘shningni videoga ol, 925 ming so‘m ishla!”'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 19:56

    “Qo‘shningni videoga ol, 925 ming so‘m ishla!”

    Suv bo‘yicha huquqbuzarliklar haqidagi foto va videoyozuvlarni taqdim etganlarni rag‘batlantirish bilan belgilangan tartiblar ichimlik yoki maishiy ehtiyoj uchun ishlatiladigan suv iste’moliga taalluqli edimi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan havotirlarga rasmiy izoh berildi.

    'O‘zbekistonga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 19:31

    O‘zbekistonga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelmoqda

    Gidromet aholidan havo harorati keskin oshgan kunlarda ehtiyot choralariga amal qilishni so‘ramoqda.

    'Gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiyalar yil davomida har oyda to‘lab beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 19:10

    Gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiyalar yil davomida har oyda to‘lab beriladi

    2025 yil 1 maydan boshlab qanday oilalar kompensatsiya uchun ariza topshirishi mumkin?

    '"Propiska"dan o‘tgan hududdagina "taksi"chilik qilish mumkinmi?'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 18:56

    "Propiska"dan o‘tgan hududdagina "taksi"chilik qilish mumkinmi?

    Keng jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu xabarga Transport vaziri Ilhom Mahkamov izoh berdi.

    'Andijonda vagon ustiga chiqqan erkakni yuqori kuchlanishli tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 18:45

    Andijonda vagon ustiga chiqqan erkakni yuqori kuchlanishli tok urdi

    Holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.